Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy

11

Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy

Sharqning qomusiy olimi

Biografiya

Roziy (toʻliq nomi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy) (865.28.8 — Ray — 925.26.10) — sharqning qomusiy olimi, tabib va mutafakkir Roziy Oʻrta asr Yevropasida lotincha Razes nomi bilan tanilib, tabobat sohasida oʻz davrining Jolinus (Galen)i deb sanalgan. Shuningdek, kimyo, botanika, matematika, astronomiya, mantiq va falsafa kabi fanlarni chuqur oʻrgangan; adabiyot va musiqa bilan ham shugʻullangan. Roziy bir qancha vaqt Ray va Bagʻdod shifoxonalarini boshqargan. U Oʻrta Osiyo, jumladan, Buxoro ilm axllari bilan ilmiy muloqotda boʻlgan. Koʻz kasalligiga uchrab, umrining oxirida koʻr boʻlib qolgan. Ar-Roziy (865–925-y.) jami 184 ta asar yozib qoldirgan bo‘lib, barcha sohalarda ijod qilgan. U yunon olimlarining atom haqidagi qarashlarini rivojlantirib, atom ham bo‘linishi mumkinligini aytadi. Atom ichida bo‘shliq va bo‘lakchalar bo‘lib, bu bo‘lakchalarning hammasi harakatda bo‘ladi. Bundan tashqari, bo‘lakchalar orasida o‘zaro ta’sir kuchlari mavjud deb hisoblaydi.