Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (4-sentabr, 973 yil Kat, Xorazmlik, 13-dekabr, 1048 yil G’azna) -Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri.Al-Beruniy nomi forscha «birun» (“chet” degan maʼnoni anglatadi) soʻzidan olingan boʻlib, u Afrigʻiy Xorazmshohlar poytaxti Kat shahrining chekka tumanida tugʻilgan. Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda oʻtkazdi, u yerda islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va falsafa, fizika va boshqa ilmlar bilan ham shugʻullandi. Beruniy ona tili boʻlgan xorazmiy tilidan tashqari fors, arab yunon, ibroniy va suryoniy tillarini bilgan va 50 yoshida sanskrit tilini o’rgandi. Ar-Roziyning nazariy qarashlari Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino tomonidan rivojlantirildi. Bu haqda ularning o‘zaro bir-biriga yo‘llagan maktublarida so‘z boradi. Beruniyning Ibn Sinoga yozgan savollaridan birida shunday deyilgan: – «Ba’zi faylasuf lar atom bo‘linmaydi, undan ham kichikroq bo‘lakchalar yo‘q deb ayta dilar, bu – nodonlikdir. Ikkinchilari esa, atom bo‘linaveradi, bo‘linishga chegara yo‘q deb qayd qiladilar. Bu esa o‘taketgan nodonlikdir. Chunki atomning bo‘linishi cheksiz bo‘lsa, moddiyat yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu bo‘lishi mumkin emas, chunki moddiyat abadiydir. Bu masalada sening fikring qanday?» – deb so‘raydi. Ibn Sino o‘zining Beruniyga yo‘llagan javobida Arastu va Ar-Roziyning atomning bo‘linishi cheksiz davom etadi deb tushunmaslik kerakligini va bo‘linishning chegarasi borligini aytib o‘tadi.