Mendeleyev Dmitriy Ivanovich

11

Mendeleyev Dmitriy Ivanovich

Rus olimi

Biografiya

Mendeleyev Dmitriy Ivanovich (1834.27.1), Tobolsk-1907.20.1), Peterburg (hozirgi Sankt-Peterburg)) — rus kimyogar olimi va pedagogi. Peterburgdagi Bosh pedagogika instituti fizikamatematika fakultetining tabiiyot fanlar boʻlimini tugatgan (1855). 1856-yilda Peterburg universitetida magistrlik dissertatsiyasini yoklaydi. 1859-1861 yillarda Gelderberg shahriga ilmiy xizmat safariga yuboriladi. M. bu yerda Gelderberg universitetining R.V.Bunzen boshchiligidagi laboratoriyasida ishlaydi. 1861 yilda „Organik kimyo“ darsligi chop etiladi. 1865-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi va Peterburg universitetining professori, 1876 yildan Peterburg FA muxbir aʼzosi qilib saylanadi. 1893-yilda D.Mendeleyevning tashabbusi bilan Oʻlchov va tarozi namunalari deposi Oʻlchov va tarozilar bosh palatasiga aylantiriladi. D.Mendeleyev umrining oxirigacha shu ishda boshqaruvchi (direktor) boʻlib ishlaydi. D.Mendeleyevning ilmiy faoliyati keng va koʻp qirrali boʻlib, eng asosiylari kimyo, kimyotexnologiya, fizika, metrologiya, meteorologiya, iqtisod va boshqalarga oid. Kimyoviy elementlar davriy qonunining kashf qilinishi — D.Mendeleyevning buyuk xizmatidir (qarang Mendeleyev davriy sistemasi). D.Mendeleyev eritmalarning kimyoviy („gidrat“) nazariyasini ishlab chiqdi, kritik trani(kritik temperatura) kashf qildi (1860). Bir mol ideal gaz uchun bosim, hajm va temperatura orasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi holat tenglamasini (Klapeyron — Mendeleyev tenglamasi hisoblab topdi (1874). Koʻmirni yer ostida gazga aylantirish gʻoyasini ilgari surdi (1888). Tutunsiz poroxning yangi tarkibini topdi (1890) va uni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.