1. Alfa zarra qaysi kimyoviy element yadrosiga mos keladi?
2. Alfa zarra va hosilaviy yadro tepki energiyalarini qanday kattalikning saqlanish qonunidan aniqlanadi?
3. Agar alfa yemirilish ona yadroning asosiy holatidan qiz yadroning uyg‘ongan holatiga o‘tsa alfa spektrning qanday strukturasi hosil bo‘ladi?
4. Agar alfa yemirilish ona yadroning uyg‘ongan holatidan qiz yadroning asosiy holatiga o‘tsa … yuguruvchi alfa zarralar hosil bo‘ladi?
5. Uzoq yuguruvchi va nozik strukturadagi alfa zarralar qamday kamerada kuzatilgan?
6. Alfa yemirilish qanday jarayon?
7. Alfa yemirilish va erkin yugurish masofasi orasidagi bog‘lanish Geyger … qonuni deb ataladi?
8. Alfa yemirilish jarayoni qaysi qonunlar asosida tushuntiriladi?
9. Kichik energiyali alfa zarralarning katta potensial to‘siq orqali o‘tishi qanday effekt deyiladi?
10. Tunnel effekti qaysi koeffesiyent bilan baholanadi?